Ukrainaning davlat qarzi yanvar-aprel mobaynida 30 foizga oshdi
Ukrainaning davlat qarzi joriy yilning yanvar oyidan aprel oyigacha deyarli 30 foizga oshdi, deb Ukraina Milliy bankiga iqtibos keltirgan holda UNIAN agentligi xabar bermoqda.
“Davlat qarzi va davlat tomonidan kafolatlangan qarz yil boshiga nisbatan yanvar-aprel oylari mobaynida 28,8 foizga zsdi va 1 may holatiga ko‘ra 1,417 trln grivnani tashkil qildi. Bunday o‘sish katta miqdordagi tashqi qarzlar va qarzning valyuta qismining kurs bo‘yicha qayta hisoblanishi hisobiga yuzaga kelgan”, deyilmoqda xabarda.
Shu bilan birga, Milliy bank mart-aprel mobaynida davlat qarzi grivnaning kursi oshgani evaziga kamayganini aytmoqda.