Ukrainada keng miqyosdagi maxsus operatsiya boshlandi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Xavfsizlik xizmati tashkil etilishining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda keng miqyosdagi maxsus operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
RIA Novosti agentligining ma’lum qilishicha, operatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad Volnovaxda o‘ldirilgan Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimining qotillarini aniqlashdir.
“Mening topshirig‘imga ko‘ra Ukrainaning barcha tegishli organlari hamkorlikda keng miqyosdagi maxsus operatsiyani boshlashdi. Bu qo‘lida qurol bilan ukrainaliklarni o‘ldirgan jinoyatchilar jazosiz qolmasligi uchun qilindi”, – degan Poroshenko o‘z bayonotida.