Ukraina moliya vazirining yillik daromadi 2 mln dollarni tashkil etdi
Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko 2014 yilda chet elda 2.1 mln dollar pul ishlagan.
Vazirning Ukrainada ishlab topgan puli 38,893 ming grivnaga teng bo‘lib, shundan 5,678 ming grivna oylik maoshni, 33 ming grivna aliment pulini tashkil qiladi.
Vazirning o‘zi va ikkita qizidan iborat Yaresko oilasining 2014 yildagi daromadi 28 ming dollarni tashkil etgan. Shuningdek, Yareskoning bank hisoblarida 47,95 mln grivna bor.