Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi cheklovlar joriy qilishga qaratilgan hujjatlar paketini ishlab chiqmoqda. Xususan, televidenie va radioeshittirishlar to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilib, “bosqinchi mamlakatning Ukraina axborot maydonidagi ishtirokini bartaraf qilish” ko‘zda tutilmoqda. TASS agentligiga ko‘ra, bu haqda Oliy Rada raisining birinchi o‘rinbosari Andrey Parubiy bayonot bergan.
Birinchi navbatda xorijlik shaxslarning tabiiy monopoliyalar sub’ektlaridagi ishtirokini cheklovchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘p hollarda bunday sub’ektlarning egalari rossiyaliklar bo‘lib chiqmoqda, bu esa “Ukraina iqtisodiyoti barqarorligiga xavf solmoqda”.
Shuningdek Rossiyaning Ukrainadagi mulklarining inventarizatsiyasini o‘tkazish taklif qilinmoqda.