Яценюк: Rossiya 2016 yilda Ukrainaga o‘z bozorini to‘liq yopadi
Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy kelishuvi kuchga kirishi bilan mahsulotlar embargosini joriy etadi. Bu chora Ukrainaning Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga kirishiga to‘siq qo‘yilishiga olib keladi. Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk “Interfaks-Ukraina”ga bergan intervyusida ushbu mulohazalarni aytib o‘tdi.
Shu bilan birgalikda, Yatsenyuk ukrain ishlab chiqaruvchilari Rossiya bozori muqobilini topishiga ishonch bildirdi.
“Erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi kelishuv 2016 yil 1 yanvardan to‘liq kuchga kiradi. Ular shundan so‘ng bizga o‘z bozorlarini yopadi. Shuning uchun yangi bozorlarni izlash va mahsulotlar eskporti hajmini oshirishimizga to‘g‘ri keladi”, – dedi bosh vazir.