Ukraina Rossiyadan elektr energiya berishni so‘radi
Ukraina hukumati Rossiyadan elektr energiya yetkazib berish ko‘rinishida texnik yordam so‘radi, deb xabar bermoqda RNS.
Aholi tomonidan elektr energiyaning iste’mol qilinishining keskin oshishiga issiq havo hamda mamlakatda atom va issiqlik elektr stansiyalarining ta’mirlanayotgani va Donbassdan ko‘mir yetkazib berilishi to‘xtatilgandan keyin ko‘mir stansiyalari ishi to‘xtab qolgani sabab bo‘lmoqda.
Ta’kidlanishicha, Ukraina Rossiyadan 600 MVt elektr energiya so‘ragan. 20 iyundan 23 iyungacha Ukrainada elektr iste’moli kondisionerlar ishlatilishi va qishloq xo‘jaligi maydonlarining sug‘orilishi sababli 16 GVtdan 17,5 GVtgacha oshib ketdi.
O‘tgan yili xuddi shunday vaziyatda Ukraina Rossiyaning "Inter RAO" kompaniyasi bilan tijoriy kelishuvga qaytgandi, biroq joriy yilda buning imkoni yo‘q, chunki tomonlar shartnomani uzaytirishmagan.