“Gazprom” Ukrainaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Miller ma’lumot berdi.
Gaz yetkazmalari 1 iyul kuni, soat 10:00da to‘xtatilgan. Bunga asosiy sabab sifatida to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi ko‘rsatilgan.
Endilikda, Millerning so‘zlariga ko‘ra, “Gazprom” oldindan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda Ukrainaga gaz yetkazib bermaydi.
Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi Yevrokomissiya yordamida tez orada masalani hal qila olishiga ishonmoqda.
Shu bilan birga, Ukraina hududi orqali tranzit bilan “Gazprom”ning yevropalik mijozlariga xizmat ko‘rsatilishi davom etadi.