Ukraina Rossiya bilan aviaaloqani to‘liq yopib qo‘ymoqda
Ukraina 25 oktyabrdan Rosaviatsiyadan Ukraina aviakompaniyalariga Rossiya sanksiyalari bo‘yicha javob bo‘lmagani tufayli Rossiya bilan havo aloqasini to‘liq yopib qo‘ymoqda. Bu haqda Ukraina davlat aviaxizmati xabarida ma’lum qilingan.
“Bu chora barcha Rossiya aviakompaniyalariga qo‘llanadi va Rossiya aviasion mutassadilari tomonidan Ukraina aviakompaniyalariga kiritilgan taqiqlovlar bekor qilingunga qadar amalda bo‘ladi. Rossiya tomonidan taqiqlov bekor qilingandan keyin sanksion ro‘yxatga tushmagan Rossiya aviakompaniyalari Ukrainaga parvoz qila oladilar”, deyiladi xabarda.
Ukrainaning sanksion ro‘yxatiga Rossiyaning “Aeroflot”, “Transaero”, “Uralskie avialinii”, “Sibir”, “Rossiya”, “Orenburgskie avialinii”, “Yamal”, “Red Wings”, “VIM-Avia”, “Gazpromavia” va boshqa aviakompaniyalari kiritilgan.