Ukraina 1 apreldan Rossiyadan gaz sotib olishni to‘xtatishi mumkin
Joriy yilning 1 aprelidan boshlab Ukraina Rossiyadan gaz sotib olishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” Ukraina energetika vaziri Vladimir Demchishinning ma’lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
Vazirning qayd etishicha, hozirda Ukraina uchun Rossiyadan gaz sotib olishga zarurat yo‘q.
“Hozirda gaz iste’moli miqdori 110 mln kubni tashkil qilmoqda. Kunlar isigach, bu ko‘rsatkich 20-30 mln kubga kamayadi”, deya ta’kidlab o‘tdi vazir.
Demchishin so‘ziga qo‘shimcha sifatida 1 apreldan boshlab Rossiyadan gaz sotib olishni to‘xtatish taklifini bildirib o‘tdi.