Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Ukraina Oliy radasi deputati Nestor Shufrichning ma’lum qilishicha, mamlakatda gaz narxi o‘n barobarga qimmatlashgan. Bu haqda NewsOne xabar bermoqda.
«Qariyb 670 grivna (203 899 so‘m) edi. Bugun esa – 6 800 grivna (2 069 432 so‘m)», - deya aytib o‘tdi Shufrich.
Shuningdek uning ta’kidlashicha, gazning qimmatlashishi tufayli kommunal xizmatlar narxlari 11 barobarga ko‘tarilib ketgan. Bundan tashqari, elektr energiyasi qiymati besh martaga oshdi.