Xitoy Ukrainaga arzon uy-joy qurilishi uchun 15 mlrd dollar ajratadi
Xitoy Ukrainaga arzon uy-joy qurilishi dasturini amalga oshirish uchun 15 mlrd dollar ajratadi, deb Ukraina hududlar rivojlanishi, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
27 mart kuni Ukraina hukumatining mas’ul vakili hamda Xitoyning CITIC Limited davlat investision korporatsiyasining sho‘’ba kompaniyasi CITIC Construction tomonidan ushbu masala yuzasidan tegishli memorandum imzolandi.
“Memorandum Ukraina Xitoyning kredit muassasalari va tashkilotlaridan umumiy miqdori 15 mlrd dollarni tashkil qiladigan mablag‘ni minimal foizlarda uzaytirish huquqi bilan 15 yil muddatga olishini nazar tutadi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning matbuot xizmatida ta’kidlanishicha, memorandum davlat uy-joy siyosatini rivojlantirish, arzon uy-joy qurish, ijtimoiy uy-joy jamg‘armasini shakllantirish, yoshlar yordamida uy-joy qurilishi, qishloq joylarda xususiy quruvchilarga kredit berish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Vazirlikda avval arzon uy-joy qurilishining 1 mlrd dollarlik ilk loyihasi amalga oshiriladi, deb aytildi. Bunda CITIC kompaniyasi loyihalarni amalga oshirishni buyuruvchi bosh buyurtmachi bo‘ladi, vazirlik esa loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.