O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi o‘yinda kerakli natija qayd eta olmadi.
Avvaliga uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun ko‘ngildagidek boshlangandi. 22 daqiqada Odil Ahmedov uzoqdan zarba yo‘lladi. Zarba balki noaniq chiqardi, ammo to‘p raqib himoyachilariga tegib, rikoshet orqali gol bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda ushbu hisob saqlanib qoldi. Ammo ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida pasayish bo‘ldi. Raqib esa aksincha, ancha kuchli o‘yin ko‘rsata boshladi. Shunga monand Xitoy terma jamoasi ikki gol kiritib, vaziyatni o‘z foydasiga og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Xitoy terma jamoasi bugungi g‘alabadan keyin muddatidan avval guruhdan chiqish va guruhda 1-o‘rinni olish vazifasini bir yo‘la bajardi. So‘nggi turda O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan taqdirda ham guruhda faqatgina 2-o‘rinni egallaydi. Chunki ochkolar teng kelib qolganda, birinchi navbatda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi.
Osiyo Kubogi, V guruhi
2-tur
Xitoy - O‘zbekiston - 2:1
Gollar: Odil Ahmedov 22, Vu Xai 55, Sun Ke 68
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shoraxmedov, Shavkat Mullajonov (Islom To‘xtaxo‘jaev 46) Anzur Ismoilov, , Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (Jasur Hasanov, 71), Server Jeparov (Sardor Rashidov, 62), Igor Sergeyev.
Xitoy: Vang Dalei, Ren Xang, Mei Fang, Jiang Zipeng, Zang Linpeng, Vu Lei, Jeng Ji, Vu Ksi, Zang Chengdong, Gao Lin, Yu Xai.
Manba: www.uff.uz
|