Jazoirning “JS Kabiliya” futbol klubi hujumchisi kamerunlik Albert Ebosse “USM Jazoir” muxlisi tomonidan otilgan buyumning boshiga tegishi oqibatida halok bo‘ldi.
Bu haqda ITAR-TASS Fransiya nashrlariga tayanib xabar bermoqda.
Ushbu uchrashuv 2:1 hisobida Ebossa jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan, uning o‘zi ikkinchi - g‘alaba to‘pini kiritgandi. Uchrashuvdan so‘ng, futbolchilar maydonni tark etayotgan paytda muxlislar futbolchilarga turli buyumlarni uloqtirishdi. Ulardan biri kamerunlik futbolichining boshiga tegdi. Futbolchi shifoxonaga yetkazildi, ammo, u yerda shifokorlar uning o‘limi haqida e’lon qilishdi.
Jazoir Ichki ishlar vazirligi ushbu ish yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan.
Qayd etlishicha, Ebosse 2013 yildan buyon “JS Kabiliya” sharafini himoya qilib kelgan. O‘tgan mavsum esa 17 ta to‘p kiritib, musobaqaning to‘purari nomiga sazovor bo‘lgan.