Luis Suares mukofot pulini xayriya maqsadiga sarfladi
"Liverpul”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares Futbol
muxlislari assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb
topildi. Homiy Uilyam Xill tomonidan g‘olibga taqdim etilgan mablag‘ni esa
xayriya ishlariga sarfladi. Bu haqda Sports.ruxabar berdi.
26 yoshli hujumchi 10 ming funtni Urugvaydagi "Teleton”
xayriya jamg‘armasiga topshirdi. Ushbu jamg‘arma tayanch-harakatlanish tizimi
buzilgan bolalarni reabilitatsiya qilish markazlarining ikkitasini boshqaradi.
Kelishuvga muvofiq g‘olib mukofot pulini qanday maqsadga
sarflashni o‘zi hal qiladi.
"‘Teleton’ fondining tashabbusida qatnashganimdan juda
mamnunman va bunday imkoniyat yaratib bergan homiy Uilyam Xillga
minnatdorchilik bildirib qolaman”, — dedi Luis Suares.