Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Osiyo Kubogi: qiziqarli faktlar

Mirjalol Qosimov o‘zbek futboli tarixiga Osiyo Kuboklarida ikkita o‘yinga bir xil tarkib tushirgan birinchi murabbiy sifatida kirganligi haqida xabar bergan edim. Bosh murabbiyimiz guruh bosqichining 3-turida tarkibda 5 ta o‘zgarish qildi. Bundan tashqari asosiy tarkibning yoshi ham o‘zgardi. O‘tgan o‘yinlarda o‘rtacha yosh 29,5 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 3-turda o‘rtacha 28,1 yoshli tarkib maydonga tushdi.
***
Sardor Rashidov Osiyo Kuboklaridagi terma jamoamizning hisob bo‘yicha to‘rtinchi dublini qayd etdi. Osiyo Kuboklaridagi ilk dubl 2007 yilda qayd etilgan. O‘shanda Malayziyaga qarshi to‘p surgan terma jamoamiz safida Maksim Shaskix dubl qayd etgan edi. O‘sha o‘yinda biznikilar 5-0 hisobida g‘alaba qozonishgan. 2011 yilgi turnirda esa ikkita o‘yinda dubl qayd etilganini yaxshi eslasangiz kerak. Biri chorak finalda Iordaniya darvozasiga Ulug‘bek Baqoyev ikkita to‘p kiritib, bizni yarim finalga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchisi 3-o‘rin uchun Janubiy Koreya bilan bo‘lgan bahsda Aleksandr Geynrix dubl qayd etib, bizni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi. Bugungi kungacha Osiyo Kuboklarida hamyurtlarimiz xet-trik qayd etishmagan.
***
Osiyo Kuboklarida 5 ta holatda zahiradan maydonga tushgan futbolchimiz gol urgan. Bular quyidagilar: 1) 2004 yil. Mirjalol Qosimov. Turkmanistonga qarshi. Hisob: 1-0; 2) 2007 yil. Aziz Ibragimov. Malayziyaga qarshi. Hisob: 5-0; 3) 2007 yil. Aleksandr Geynrix. Xitoyga qarshi. Hisob: 3-0; 4) 2007 yil. Pavel Solomin. Saudiya Arabistoniga qarshi. Hisob: 1-2; 5) 2015 yil. Vohid Shodiev. Saudiya Arabistoniga qarshi. Hisob: 3-1. Ko‘rib turganingizdek, murabbiylar orasida Rauf Inileyev muvaffaqiyatli o‘yinchi almashtirish bo‘yicha yaqqol yetakchi.
***
Zahiradan maydonga tushib, eng tez gol urgan futbolchi, bu – Pavel Solomin. U maydonga tushgach, 4 daqiqa o‘tiboq Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol qila olgan. Eng qizig‘i so‘ngi bahsda Vohid Shodiev ham xuddi shu ishni bajardi. Faqat u bu safar 5 daqiqada Saudiya Arabistoni darvozasini zabt etdi. Saudiyaliklar o‘yinchi almashtirsak, tizzalari qaltiraydigan bo‘lib qolishdi, chamamda.
***
Osiyo Kuboklarida bizning darvozamizga ikkinchi bor penaltidan to‘p kiritildi. Bungacha 2011 yilgi turnirda Quvayt terma jamoasi ham darvozamizga penalti orqali yo‘l topa olgan edi. O‘ylab qarasam, darvozamizga penalti berilsa, raqiblar urolmagandan ko‘ra, urgani yaxshi, menimcha. Sababi, penaltidan to‘p o‘tkazilgan ikkala o‘yinda ham O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozona olgan. Quvaytni ham, Saudiya Arabistonini ham. Lekin penalti golga aylanmagan o‘yinda aksi bo‘lgan. 2000 yilgi musobaqada Yaponiya terma jamoasi bilan bo‘lgan bahsda 5-daqiqada darvozamiz tomon penalti belgilangan, ammo Akinori Nishizava bundan unumli foydalana olmagan. Keyin nima bo‘lganini yaxshi bilasiz, 8 ta yeganmiz.
***
2015 yilgi Osiyo Kubogining guruh bosqichida bironta ham durang qayd etilmadi.
**
2015 yilgi Osiyo Kubogining guruh bosqichi bir xil ssenariyda o‘tdi. Ya’ni barcha guruhlarda 1-o‘rinni olgan jamoa 9 ochko, 2-o‘rinni olgan jamoa 6 ochko, 3-o‘rin 3 ochko va nihoyat so‘ngi o‘rinni olgan jamoa bironta ochko to‘play olmadi.
***
Hozircha 3 ta jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi: Janubiy Koreya, Eron, Yaponiya.
Xushnud Xudayberdiev blogidan olindi.
Manba:darakchi.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5873 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Futbol, qiziqarli faktlar, Mirjalol Qosimov, Sport, Osiyo Kubogi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
nnmnml Eeeeee uzbekistan qacon joxonga ciqadi
Like | 0
Blaz4ik Савол Узб терма жамоси к,ачон чемпион булади? (булолса агар)
Like | 0
NuR_KR Ertangi oyindaham chiroyli g'alaba kutamiz bosh jamoamizdan.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное