Ronaldo yana bir bor futbolga qaytishi haqida ma’lum qildi
Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo MLSning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi, o‘zi rahbarlaridan biri sanaladigan “Fort-Loderdeyl Straykers” jamoasida to‘p surish niyatini bildirdi. Uning bu rejasi haqida Mundo Deportivo xabar bergan.
“Men yana bir marta takrorlashim mumkin, hali o‘ynay olaman. Ammo bu keyinroq, jamoamizning AQSh chempionatidagi o‘yinlari boshlanganida yuz beradi”, – deydi Ronaldo.
Ushbu 38 yoshli futbolchi oxirgi marta 2011-2012 yillar mavsumida Braziliya chempionatida “Korintians” safida maydonga tushgan edi.
Ma’lumot uchun, Ronaldo yaqin o‘tmishning eng kuchli hujumchilaridan biri sifatida qayd etiladi. U Braziliya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempioni bo‘lgan va ikki marta “Oltin to‘p”ga ega chiqqan.
“So‘yloqtish” laqabini olgan bu hujumchi o‘z faoliyati davomida PSV, “Barselona”, “Inter”, Milan” va “Real” kabi grand jamoalarda harakat qilgan.