Mirjalol Qosimov: Sardor Rashidov yurakdan o‘ynashda davom etishi kerak
Janubiy Koreya hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkaziladigan matbuot anjumani boshlandi. Dastlab savollar O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga berildi, deb yozadi Uff.uz.
Janubiy Koreya termasiga qarshi judayam shijoatli va qiziqarli bo‘ldi. Buni finalga qiyoslasa ham bo‘ladi. Bu futbol. Unda g‘alaba va mag‘lbiyat yonma-yon yuradi. Biz mag‘lubiyatga munosib emasdik. Bugun omad bizdan yuz o‘girdi. Koreya terma jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz. Shu yerga kelgan muxlislarimizga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman.
- Mirjalol Qosimov
Ahadxon Abduhamitov savoli:
Boshlang‘ich tarkibdagi o‘zgarishlarini qanday izohlaysiz? Masalan, To‘rayev va Tursunovlarni tushishi… Ikkinchi savolim: OFK tashkilotchilari bizga nisbatan nohaqlik qilishmadimikan? Hakamlar?
Ikkinchi savolingizdan boshlayman. Darhaqiqat, bizga nisbatan hakamlar adolatsizlik qilishdi. Lekin, bizda shu vaziyatda ham imkoniyatlar bor edi. Ulardan foydalana olmadik. To‘rayev va Tursunovlarning chiqishlari taktika bilan bog‘liq edi.
Avstraliyalik jurnalist:
O‘zbekiston tarixida sizga, Maksim Shatskix va Server Jeparovlarga o‘xshagan kuchli futbolchilar yetishib chiqqan. Sardor Rashidov borasida nima deya olasiz? U ham mana shu futbolchilar darajasiga oladimi?
O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Rashidov muhimi yurakdan o‘ynashni, o‘z ustida ishlashda davom etishi kerak. Faqat mehnat qilibgina futbolda natijaga erishish mumkin. Sardor Rashidovda iqtidor bor. Endi mana shu iqtidorni o‘stirish kerak.
Koreyalik jurnalist:
Oldinda qanday rejalaringiz bor?
Hayot davom etadi. Xatolar ustida ishlab, kerakli xulosalar chiqaramiz. Nasib qilsa, oldimizda turgan Jahon chempionatida ishtirok etish uchun ishlaymiz. Men barcha jurnalistlarga va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Endi bor e’tibor jahon chempionati saralashiga qaratiladi.
Shu bilan Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matubot-anjumani nihoyasiga yetdi.