Bugun, 26 mart kuni Bangladesh poytaxti Dakka shahrida U-23 OChga saralash guruh bahslari boshlandi. "E" guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi dastlabki uchrashuvni Hindiston termasiga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 88-daqiqasida Igor Sergeyev hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Vladimir Kozak yana bir to‘p kiritib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Endi vakillarimiz navbatdagi 2-turni 29 mart kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi, deb xabar beradi sports.uz nashri.