UZTE brendi ostida Xitoy bilan hamkorlikda ishlab
chiqarilayotgan smartfonlar Toshkentdagi "Fleshka” majmuasida sotila boshladi,
deya xabar beradi Megamall.uz sayti. Ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan uch turdagi UZTE telefonlari narxi bir-biridan ancha farq
qiladi. Bu ularning texnik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Keling,
ularning narxlari va ba’zi jihatlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
UZTE Grand V
Narxi: 250 000 so‘m
Operatsion tizimi: Android 4.0
Protsessor: MSM 7225A
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 1 Gb
Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 3 Mp
Akkumulyator: Li-lon, 1200 mAh
Og‘irligi: 120
g
UZTE Grand M
Narxi: 420 000 so‘m
Operatsion tizimi: Android 4.0
Protsessor: MTK6577
Tezkor xotira: 512 Mb
Ichki xotira: 4 Gb
Xotira kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 5
Mp
Akkumulyator:
Li-lon, 1600 mAh
Og‘irligi: 130 g
UZTE Grand
X
Narxi:
625 000 so‘m
Operatsion
tizimi: Android 4.0
Protsessor:
ICE8065T-R
Tezkor
xotira: 512 Mb
Ichki
xotira: 4Gb
Xotira
kartasi qo‘yish mumkin: 32 Gbgacha
Kamera: 5
Mp
Akkumulyator:
Li-lon, 1650 mAh
Og‘irligi: 130 g
Ta’kidlash
joiz, UZTE smartfonlari Toshkentda hozircha eng arzon smartfonlardan biri
bo‘lib turibdi. Taxminan shu narxlarda hozirda Samsung Galaxy Trend (410 000
so‘m), Samsung Galaxy Star Deluxe (296 000 so‘m),Samsung Galaxy
Core (690 000 so‘m), Samsung Galaxy S Duos (522 000
so‘m), Sony Xperia ion (705 000 so‘m), Sony Xperia L (660 000
so‘m), Sony Xperia J (535 000 so‘m), Samsung Galaxy Ace 3 (620 000
so‘m) smartfonlarini xarid qilish mumkin.
Taqqoslash
uchun, ayni paytda "Fleshka” majmuasida iPhone 5s —
2 425 000 so‘m, iPhone 5c — 1 705 000 so‘m,Samsung
Galaxy Note 3 — 1 905 000 so‘m, Samsung Galaxy s4 —
1 550 000 so‘m narxda sotilmoqda.
Eslatib
o‘tamiz, UZTE savdo belgisi ostida uch xil modeldagi smartfonlar ishlab
chiqariladi. UZTE texnik-tijorat bo‘limi boshlig‘i Timur Mamatxo‘jayevning
aytishicha, UZTE telefonlariga 1 yil kafolat beriladi. Bundan tashqari,
poytaxtimizning "Fleshka” va "Abu Saxiy” elektronika bozorlarida firma
magazinlari ochilib, u yerda kafolatlangan xizmatlar ko‘rsatiladi.
Telefonlarni
ishlab chiqarish hajmini 2016-yilga qadar yiliga 100 mingtagacha yetkazish
ko‘zda tutilgan.
Manba:daryo.uz