O‘zbekistonda “Prezident archasi” bayram tadbirlari boshlandi
"Prezident archasi” O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirligi, "Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar
jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus
maktab-internatlar o‘quvchilari, kam ta’minlangan, alohida ehtiyojli oilalar
va xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar, mudofaa
tizimi, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining farzandlari taklif
etildi.
Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha
viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda. Unda qatnashgan bolajonlarga Prezident sovg‘alari
topshirilmoqda.