Rossiyaning Yakutsk shahrida bo‘lib o‘tgan Yangi yil
ziyofatlaridan birida Qorbobo rolini o‘ynayotgan ishchi vafot etdi. Bu haqda
"RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiyaning Yakutsk shahrida joylashgan yemakxonalardan
birida 22-dekabr kuni xodimlar Yangi yil ziyofatini uyushtiradi. Ishchilardan
biri tadbirga Qorbobo sifatida kelishga rozi bo‘ladi. 41 yoshli xodim bayram
oxirlaganida dam olish uchun yotib, o‘lib qoladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fikrlarga ko‘ra, erkakning
tanasi topilganida, uning og‘zi skotch bilan mahkamlangani hisobga olingan
holda, u nafas yo‘llariga o‘zi qayt qilgan massa tiqilib qolgani natijasida
vafot etgani taxmin qilinmoqda. Biroq huquqni himoya qilish organlari bu
versiyani hozircha tasdiqlagani yo‘q.