“Mustaqillik” maydonida har yili yangi yil bayrami munosabati bilan o‘rnatiladigan archa qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda uz24.uz.
Ayni paytda maydonda sahna hamda archaning asosi qurib bitkazilgan. Shuningdek, bayram tadbirlarni bo‘lib o‘tadigan sahna ham bezatilmoqda.
Yangi yil ramzlaridan biri bo‘lgan archaning uzunligi 22 metr. O‘tgan yilgi ma’lumotga ko‘ra, bayram archasini ko‘rish uchun kuniga 60-70 ming kishi kelgan.
Archaning tantanali ochilish marosimi sanasi aniq emas.