2016 yilning Sharq kalendari bo‘yicha Maymun yili bo‘lishini bilasizmi? Maymun tabiatan quvnoq, hech kimni zeriktirib qo‘ymaydigan jonzot. Shunisi ahamiyatliki, kalendar bo‘yicha qanday yil bo‘lsa, o‘sha hayvondagi o‘ziga xos xususiyatlar yil davomida albatta kuzatiladi.
Insonlar hamisha o‘zlarini oldinda nimalar kutayotganiga qiziqishadi. 2016 yilda imkon qadar vaqtingizni o‘zingiz, oilangiz, ishda hamkasblar bilan aloqani mustahkamlash, shu bilan birga sog‘lig‘ingizga e’tibor qilishga sarflang. O‘z ustingizda ishlashni ham yoddan chiqarmasligingiz zarur. Ko‘proq o‘qish, qiziqarli ko‘rsatuvlar ko‘rish, tajribali va dono kishilar bilan suhbat Siz uchun foydadan holi bo‘lmaydi. Agar kelgusi yil uchun oldingizga aniq maqsad qo‘ysangiz, unga albatta erishasiz. Bu yerda Maymundagi qat’iyat va g‘ayratning ahamiyati ham bo‘lakcha.
Hamal, Jadiy, Asad va Qavs burji vakillarining boshlagan yangi ishlari omad keltiradi. Yil boshida Sunbula, Savr va Mezon burjidagi ayollarda biroz ruhiy tushkunlik hukmronlik qilishi mumkin. Ular ko‘proq o‘zlaridagi ojizlik va boshqalardan yordam kutish bilan aziyat chekishadi. Umuman olganda, 2016 yil Olov unsuriga mansub Hamal, Asad va Qavs burji vakillari uchun moliyaviy jihatdan ham juda omadli keladi. Yulduzlarning maslahat berishlaricha, bu burj vakillari g‘ayrat bilan mehnat qilishlari, o‘z oldilariga muhim vazifalarni qo‘yib, keraksiz ishlarga vaqt va kuch sarflamasliklari zarur. Shunday yondoshuvgina kerakli natija sari yetaklaydi.
Olov unsuriga mansub insonlar tabiatan kuchli xarakter egalari hisoblanib, qat’iyat va mehnatsevarlik kabi hislatlar egasi bo‘lishadi. 2016 yilda sayyoralar ularga bu borada ko‘makdosh bo‘lishadi. Venera, Saturn va Yupiter sayyoralari ularni to‘la erkin his etishlari va mustaqil ish yuritishlariga yordamchi bo‘lishadi.
Yer unsuriga mansub Sunbula, Jadiy va Savr burji vakillari yil o‘rtalariga borib, biroz xavotirli vaziyatlarga tushib qolishadi. Jadiylar omadsiz kunlarni boshdan kechirishlariga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, oqimga qarshi suzishga harakat qilish shart emas. Agar boshdanoq charchoqni his etsangiz, keyinchalik hammasini qo‘ldan boy berasiz. Biroz ishlarni to‘xtatib, hordiq chiqaring. O‘ylagan narsalaringizni amalga oshirish uchun hamisha vaqt topiladi. Agar bunga kuch topilmaganda ham, omadsizlikdan qochib qutulib bo‘lmaydi.
Havo unsuriga mansub Javzo, Dalv va Mezon burjidagilar 2016 yilni yorqin ranglar bilan yo‘g‘rilgan voqealar bilan o‘tkazishadi. Faollik, yangi tanishuvlar bu burj vakillariga ajoyib hissiyotlar tuhfa etadi. Taqdirning o‘zi to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashib, kelajakdagi omad sari yetaklaydi.
Faollikning ortishi, biznes va kareradagi o‘sish ayni suv unsuriga mansub Saraton, Aqrab va Hut burji vakillariga taalluqli. Astrologlarning tavsiyasiga ko‘ra, ular o‘z ishlarida kolib, dangasalikka yo‘l qo‘ymay, tirishib ishlashlariga to‘g‘ri keladi. 2016 yil o‘ziga ishongan insonlarning muvaffaqiyat qozonishlariga imkon beradi.
2016 yil barcha burj vakillariga kutilmagan syurprizlarga boy va biroz qiyinchiliklar bilan kechadi. Yangi 2016 yilda o‘z oldiga qat’iy maqsad qo‘yib olg‘a harakat qilganlar albatta erishadi, degan an’ana hukmron bo‘ladi. Maymun burjidagilarning o‘zi esa xarakterlariga xos tarzda xarakat qilishadi. Bu xususiyat boshqa burj vakillariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, bu yilda fakatgina mehnat qilish emas, shunga yarasha dam olishni ham bilish zarur. Yo‘qsa, omad Sizdan yuz o‘girishi mumkin. Yangi 2016 yil barchamiz uchun omadli kelsin!
|