Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Nissan 2016-yilda ilk haydovchisiz avtomobillarni chiqaradi

Yaponiyaning Nissan avtokonserni 2016-yilda ilk haydovchisiz avtomobillarni sotuvga chiqarmoqchi. Bu haqda Renault-Nissan rahbari Karlos Gon Nyu-Yorkdagi avtosalonda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bizda bunday texnologiya bor, tabiiyki uni tezroq Yaponiya bozorida namoyish etishni istaymiz”, − dedi Gon. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Nissan avtomobillariga haydovchisiz funksiyalarni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2016-yilda chiqariladigan ilk modellar haydovchiga faqatgina katta magistrallarda yordam bera oladi. Shahar ichida avtomatik tarzda harakatlana oladigan va ko‘plab to‘siqlarni aylanib o‘ta oladigan avtomobillar 2020-yilga kelibgina sotuvga chiqariladi.
Manba:daryo.uz


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4632 | Рейтинг: 0| Рейтинг: avtomobil, 2016-yil, Nissan, haydovchisiz avtomobil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное