Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Pazanda - Im Loving You
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
Главная » Файлы » AVTO OLAM

2015 yilda Rossiyada «GM Uzbekistan» avtomobillari savdosi 58 foizga qisqardi

2015 yilning mart oyida Rossiyada yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yildagi ushbu oyga nisbatan 42,5 foizga qisqargan. Bu haqda Yevropa biznes Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi xabar bergan.
Mart oyida jami bo‘lib 139 850 dona avtomobil sotilgan. 2015 yil boshidan buyon uch oy davomida Rossiyada sotilgan avtomobillar soni 383 691 tani tashkil qilmoqda.
Qo‘mita hisob-kitoblarida berilgan jadvalga qaraydigan bo‘lsak, «Daewoo» (GM Uzbekistan Rossiya bozorida xuddi shu nom ostida ishlaydi – Kun) mart oyida 1757 dona avtomobil sotgan. Taqqoslash uchun 2014 yil martda sotilgan avtomobillar soni 4604tani tashkil qilmoqda. Foiz hisobidan oladigan bo‘lsak, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 62 foizga qisqargan.
Yil boshidan buyon «Daewoo» sotgan avtomobillar miqdori 5411tani tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan avtomobillar savdosi 58 foizga (2014 yil dastlabki choragida 12,858 avtomobil sotilgandi) qisqargan.
«Martdagi avtomobil savdosi yomon bo‘ldi, lekin bu kutilganidan ko‘p yomon ko‘rsatkich emas. O‘tgan yil so‘nggidagi ko‘p miqdorda sotib olingan avtomobillar va narxlarning biroz oshishi natijasida bu yilgi iste’molchilar talabi keskin ravishda qisqarishi bashorat qilingandi. Ertami, kechmi vaziyat barqarorlashadi. Lekin hozir bu vaqt kelgani yo‘q», deya hisobotga qo‘shimcha qiladi Qo‘mita vakili Yorg Shrayber.
Ma’lumot uchun bungacha, Rossiya avtomobil bozorining mart oyidagi eng yomon ko‘rsatkichi, 2008-2009 yillarga jahon moliyaviy inqirozi davriga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda avtomobillar savdosi qariyb 38 foizga qisqargandi.
Manba:kun.uz


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 6402 | Рейтинг: 1| Рейтинг: avtomobil, savdo, GM Uzbekistan, qisqardi, foiz, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное