Avtomobil uchun so‘mda 85% to‘lov amalga oshirganlarga nima bo’ladi?
Mazkur savol avtomobil sotib olish uchun 85 foiz to‘lovni amalga oshirib qo‘ygan, biroq yangi prays bo‘yicha avtomobili narxi horijiy valyutaga o‘tkazilgan mijozlar tomonidan tahririyatimizga kelib tushdi.
Mazkur savolga javob olish maqsadida GM Uzbekistan kompaniyasining “Ishonch telefonlari” ga murojaat qildik.
Avtomobil uchun 85% to‘lovni so‘mga amalga oshirgan biroq yangi prays bo‘yicha avtoulov narxi horijiy valyutaga o‘tkazilgan mijozlar avtosalonga murojaat qilishsa, ularning avtomobillari uchun so‘m tarzidagi yangi prays taqdim etiladi. Mijoz qoldiq narxni taqdim etilgan yangi praysdagi narx asosida so‘mda to‘lab beradi.
Horijiy valyutaga o‘tkazilgan avtomobil narxlari yangi shartnoma tuzayotgan mijozlarga amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan Spark, Kobalt, Lasetti, Orlando hamda Malibu avtomobillarining 1-2 pozisiyasi uchun yangi narxlarni horijiy valyutaga o‘tkazganligi haqida xabar bergan edi.
bizi pul birligimiz so'm bo'lsa, ni,a uchun biz savdo sotiq ishlarini boshqa davlat pul birliklarida amalga oshirishimiz kerak? O'zimizni pul birligimiz borku.?