Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va bir qator internet nashrlarda 1 iyundan e`tiboran GM Uzbekistan kompaniyasi o`zining avtomobillarini ichki bozorda faqat milliy valyutada sotilishi to`g`risida Prezident Qarori asos qilib ko`rsatilgan ma`lumotlar tarqaldi.
Tahririyatimizda mazkur Qarorning skrinshot nusxasi ham bor:
Biroq, GM Uzbekistan kompaniyasida bu xabarni tasdiqlashmadi va 1 iyun kuni qayta qo`ng`iroq qilishimizni so`rashdi. "O`zavtoasanoat" matbuot xizmati hozircha izohlar uchun ochiq emas.
Ushbu xabarlar bilan birgan bugun GM Uzbekistan kompaniyasining “Feysbuk”dagi rasmiy sahifasida avtosalonlar 29 dan 31 mayga qadar inventarizasiyaga yopilishi haqida rasmiy ma`lumot paydo bo`ldi. Bizningcha, avtosalonlarning vaqtincha yopilishi ham aynan mana shu qaror bilan bog`liq.