Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Jumong-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ayol Qalbi - True Love
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Klon-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda to‘y kortejidagi avtomobillar sonini qisqartirishga chaqirildi

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va “Toshkent oqshomi” gazetalari tahririyati hamkorlikda nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlardagi ayrim holatlarni tizimli o‘rganishni maqsad qildi, deb yoziladi gazetada e‘lon qilingan “Dabdabali mashinalarda to‘y saylini o‘tkazish baxt belgisimi?” nomli maqolada.
Maqolada bugun nikoh to‘yi marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi xorij avtomobillariga yoshlarning munosabati hamda ijtimoiy tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirilgan.
Nikoh marosimlarida avtomobillarning nechog‘lik ahamiyat kasb etishi va bu borada ota-onalar, nikoh yoshidagi yigit-qizlar fikrlarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yigit-qizlar o‘rtasida ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazildi.
Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan yigitlarning aksariyati nikoh to‘yiga chet el avtomobillarini buyurtma qilish niyatida ekanligini bildirdi. 20 foiz bo‘lg‘usi kuyovlar nikoh to‘yi marosimida avtomobil karvonidagi mashinalar soni 10 dan ortiq, 70 foizi 4 tadan 10 tagacha bo‘lishi, 10 foizi 2 tadan oshmasligini ko‘rsatib o‘tdi.
Ijtimoiy so‘rovlarda yigitlar o‘zlari uchun ma’qul bo‘layotgan avtomobillar rusumlarini ham belgilagan. Bular – Rolls-Royce Phantom, Mercedes-Benz W222, W221, W221 Pullman, BMW Z4, Porsche Panamera, Pontiac Sostice kabilardir. Nomlari qayd qilingan avtomobillarning xizmat ko‘rsatish narxlari o‘rganilganda 2 million so‘mdan 6 million so‘mgacha ekanligi aniqlandi. To‘y marosimlari uchun mo‘ljallangan avtomashinalar xizmati uchun haq to‘lash narxlari nikoh yoshidagi yigitlarning 70 foiziga iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirishini, qolgan 30 foizi buni ota-onalari to‘lab berishini bildirishdi.
“Shu o‘rinda muhim bir mulohazani aytib o‘tish joiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Lekin nima uchun ayrim yoshlarimiz to‘y sayrlarida xorijda chiqqan mashinalarda yurishni istashadi?”, − deyiladi maqolada.
Bu masala yuzasidan yigitlarga: “Nikoh to‘yida kelin-kuyov uchun qanday avtomobillardan foydalangan bo‘lardingiz?” – degan savol bilan murojaat qilinganda, ularning ayrimlarining fikriga ko‘ra, chet el avtomobillari go‘yo bo‘lg‘usi kuyovto‘ralarning obro‘sini ko‘tarar emish.
To‘y marosimini o‘tkazish – ko‘p jihatdan oilaning iqtisodiy sharoitiga bog‘liq. Yosh oila quruvchilarning to‘y marosimini o‘tkazishda nechog‘lik oilaviy shart-sharoitlarni hisobga olishi o‘rganilganda, ishtirokchilarning 35 foizigina oilaviy sharoitlardan kelib chiqqan holda nikoh to‘yiga avtomobil buyurtma qilishini, 65 foizi o‘z xohish-istaklari ustunligini ta’kidlab o‘tdi.
Xo‘sh, dabdabali avtomobillarda sayr qilish faqatgina yigitlarning “orzu-havasi”mi yoki qizlar ham yigitlardek fikrlaydimi?
Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida turmush qurish yoshidagi qizlar o‘rtasida ham ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazildi. So‘rovlarda ishtirok etgan qizlarning 90 foizi nikoh to‘yining ko‘ngildagidek o‘tishida avtomobillar rusumi va soni ahamiyatli emasligini, to‘y marosimlari bo‘lg‘usi oila a’zolariga qiyinchilik tug‘dirmasligi lozimligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, to‘y marosimlarida O‘zbekistonimizda ishlab chiqarilgan avtomobillarda sayr qilish ular uchun faxrli bo‘lishini ta’kidladi. Qolaversa, turmush qurayotgan qizlar qimmatbaho avtomashinalar xizmatidan foydalanmasdan, unga sarflanadigan mablag‘ evaziga ro‘zg‘or uchun muhim bo‘lgan, kundalik hayotda foydalaniladigan maishiy texnika vositalarini xarid qilish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risida fikrlar bildirdi.
To‘y marosimlarini o‘tkazishda har jihatdan ota-onalarning fikri ustun bo‘lishi kerak. Chunki to‘y marosimida sarf-xarajatlarning asosiy qismi ular mablag‘i hisobidan bo‘ladi. To‘y marosimi uchun avtomobil tanlashda ham ota-onaning qarori muhim ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda ularning 70 foizi nikoh marosimi uchun avtomobil yollashda iqtisodiy qiyinchilik holatlari kelib chiqayotganini, 30 foizi esa farzandining xohishini amalga oshirish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Ota-onalarning 85 foizi to‘ylarda xizmat ko‘rsatayotgan avtomobillarning narxlari ularni qoniqtirmasligi va aholi turli qatlamlarining iqtisodiy daromadlari hisobga olinmasdan belgilanayotgani yuzasidan o‘z e’tirozlarini bildirishdi. Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanishning har tomonlama qulayligi ota-onalar tomonidan e’tirof etildi.
Bundan tashqari, so‘rovlar davrida xorij avtomobillari uchun to‘lovlarning noqonuniy ravishda chet el valyutasida to‘lanishi shart qilib qo‘yilayotgani oylik maoshini milliy valyuta va plastik kartochkalar orqali oladigan aksariyat ota-onalar uchun katta qiyinchilik tug‘dirayotgani aniqlandi. So‘rov ishtirokchilarining 85 foizi ushbu xizmat turlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini noqonuniy faoliyat deb bilishini, xizmatlar litsenziyaga ega emasligini ko‘rsatib o‘tdi.
O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar yakunlariga ko‘ra, to‘y marosimida chet el avtomobilidan foydalanishga asosan, yigitlar ishtiyoqmand bo‘lib, ular uchun bunday avtomobillar xizmatidan foydalanish soxta obro‘ orttirish vositasiga aylangani ma’lum bo‘ldi. Ular tomonidan ota-onalarga turli talablarning qo‘yilishi, iqtisodiy qiyinchiliklar bilan birga, ko‘plab kelishmovchiliklarga ham sabab bo‘lmoqda.
Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy tadqiqot davomida mazkur holatlarning oldini olish, to‘ylarni ixcham va kamxarj o‘tkazish yuzasidan bildirilgan quyidagi takliflar havola etilgan.
Avvalo, avtomobillar orqali xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar faoliyatini qonuniy tartibda yo‘lga qo‘yish, narxlarni kamaytirish va nazorat qilish, xizmatlar uchun to‘lovni milliy valyutada naqd yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshirishni joriy etish, shuningdek, to‘y marosimlaridagi avtomobillar sonini kamaytirish, tegishli tashkilotlar tomonidan nikoh yoshidagi yoshlarga, ayniqsa, yigitlarga to‘ylarni ixcham va kamxarj o‘tkazish bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlarini olib borish, mazkur masalani keng jamoatchilik ishtirokida teleradiokanallar orqali yoritish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida mavzu yuzasidan muntazam maqolalar berib borish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Bu ishlarni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish – juda muhim. Jumladan, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati nikoh yoshidagi yigit-qizlarimiz o‘rtasida nikoh marosimlarini tartibli, urf-odatlarimizga mos ravishda o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishi zarur.
Mahallalarda obro‘-e’tiborli otaxonu onaxonlarning to‘y qilayotgan oilalarga to‘y marosimlarini o‘tkazish yuzasidan o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda foydali va o‘rinli maslahatlar berib borishi nikoh marosimlarini ixcham va fayzli o‘tkazishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
“Ushbu takliflarni hayotga tatbiq etish har birimizdan jiddiy e’tibor va yuksak mas’uliyat talab qiladi. Qolaversa, to‘y marosimlarida urf bo‘lib borayotgan turli illatlarning oldini olish – bevosita ta’lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etishga ham bog‘liq. Kundan-kunga g‘arb mamlakatlaridan hayotimizga kirib kelayotgan yot odatlardan ko‘ra o‘zimizning milliy urf-odatlarimizning to‘y marosimlari bilan bog‘liq nodir ko‘rinishlarini kengroq targ‘ib qilishimiz lozim”, − deyiladi maqola so‘ngida.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5778 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: avtomobil, Toshkent, to‘y korteji, qisqartirishga chaqirildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
samiya To'g'rida oshiqcha sarf harajatni uvoli borrr
Like | 0
Nasiba111 Malumotla uchun rahmat!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное