Toshkentda "Neksiya" avtomobili yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urildi
15 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Respublika olimiya zaxiralari tennis maktabi yaqinida "Neksiya" avtomobili yo‘l chetidagi ustunga borib urilgan.
Bu holat tasviri ifodalangan suratlar feysbukdagi "Voditeli Tashkenta" guruhiga joylashtirilgan. Suratlarda mashina ustiga qulagan beton ustun uni deyarli ikkiga bo‘lib yuborganini ko‘rish mumkin.
Guvohlarning bildirgan fikrlariga ko‘ra, mashina haydovchisi mast holda bo‘lgan.
Hodisa haqida boshqa tafsilotlar yo‘q.