UZTE kompaniyasi bosh direktori Lyu Syao Dun bu yil
O‘zbekistonda smartfonlarning yangi turlari ishlab chiqarilishinima’lum qildi.
Bundan tashqari, UZTE brendi ostida modemlar ham ishlab chiqariladi.
Uning
so‘lzariga ko‘ra, UZTE mobil qurilmalar bozorida yangi mahsulot bo‘lgani
sababli, iste’molchilar brendga biroz shubha bilan qaraydi. Biroq reklama,
iste’molchilar bilan faol aloqalar va boshqa jamoat tadbirlar sharofati bilan
yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonada
yig‘iladigan telefonlar iste’molchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan bo‘lib,
turli narxlarni qamrab oladi. UZTE smartfonlari korpusi yuqori sifatli
plastikdan ishlangan, ekrani ko‘p pikselli va yaxshi hajmga egadir, deydi bosh
direktor.
Eslatib
o‘tamiz, "Mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni
tashkil etish” loyihasi doirasida ushbu liniya ishga tushirildi. Uning
tashkilotchi va ta’sischilari 50/50 hissasida "ZTE (H.K.) Limited” Xitoy
kompaniyasi va "Peng Sheng” MChJ QK hisoblanadi. Loyihaga kiritilgan
investitsiyaning umumiy miqdori 3,16 million dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda UZTE savdo belgisi ostida uch xil modeldagi
smartfonlar ishlab chiqariladi:
Grand V
smartfoni
Grand M
smartfoni
Grand X
smartfoni
Korxona
2013-yil iyulda ochilgan, uning smartfonlari esa noyabr oyi oxiridan
O‘zbekistonda sotila boshlagan edi.