Akusherka chaqaloqlarni sotgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi
Xitoylik doya yangi tug‘ilgan go‘daklarni sotgani uchun
o‘lim jazosiga hukm qilindi. "Sinxua” Xitoy axborot agentligining xabar
berishicha, hukm ikki yildan so‘ng amalga oshiriladi. Bundan tashqari, sud
uning mol-mulkini musodara qildi.
Veynan okrugi sudi akusherka Chjan Shusyani odam savdosi
bilan shug‘ullanuvchi guruhga yettita go‘dakni sotganlikda aybladi. Doya
bolalarda mavjud bo’lmagan kasallikni ularning anketasiga yozib, ota-onalarini
farzandidan voz kechishga ko‘ndirgan.
Go‘daklardan biri jinoyatchilar uni oqova ariqqa tashlab
ketishi oqibatida vafot etgan. Sud uning o‘limida Chjan Shusyani ayblamayapti,
biroq uning bo‘yniga qarovsiz qoldirilgan bolaga javobgarlik aybini qo‘ydi.
Akusherka Fupin okrugida joylashgan onalar va bolalar
markazida ishlagan. Chjan Shusyaga qarshi tergov ishlari 2013-yil iyulda
bolalarning onalaridan biri chaqalog‘ini o‘g‘irlashganida gumon qilib,
politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng boshlandi. Uning farzandi avgustda Xenan
provinsiyasidan topildi. Chaqaloqni qayta ko‘rikdan o‘tkazishganda, uning
sog‘lomligi aniqlandi. Chjan esa uni ota-onasiga tug‘ma kasallik bilan
tug‘ildi, deb aytgan edi. Shundan so‘ng politsiya xodimlari yana ikki go‘dakni
qutqarishga erishdi.