Ukraina davlat tuzumi bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyor
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko konstitusion komissiya yig‘ilishidagi ma’ruzasida Kievning davlat tuzumi bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
“Agar konstitusion komissiya buni zarur deb hisoblasa, men davlat tuzumi bo‘yicha referendumni boshlash haqida ko‘rsatma berishim mumkin, biz bunga tayyormiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Shuningdek, Poroshenko ukrain tili yagona davlat tili bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi.