Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning aytishicha, Shvesiya hukumati Ukrainaga 100 mln dollar ajratadi. Bu sarmoyaning foizlarini Shvesiya o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda Ukraina rahbari Kievda Shvesiya bosh vaziri Stefan Lyoven bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Poroshenko Ukraina va Shvesiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida Ukrainaga yetti yil mobaynida jami 175 mln dollar miqdorida yordam ajratilishini aytib o‘tgan.
“7 yil mobaynida 175 mln dollar ajratilishini ko‘zda tutuvchi ushbu kelishuvning imzolanishi mamlakatimizga ko‘rsatilayotgan jiddiy yordamning davomidir”, – deb Poroshenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi korrespondent.net nashri.