Evroparlament Ukrainaga 1,8 mlrd yevro mablag‘ ajratilishini ma’qulladi
Evropa parlamenti Ukrainaga 1,8 mlrd yevrolik makroko‘mak berishni ma’qulladi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Moliyaviy ko‘mak taqdim qilish uchun deputatlarning aksariyat qismi ovoz bergan. Endi mablag‘larni ajratish masalasini Yevropa Ittifoqi kengashi hal qilishi lozim.
Yevrokomissiyaning mo‘ljaliga ko‘ra, 1,8 mlrd yevrolik moliyaviy ko‘mak paketidan birinchi transhni yozgi ta’tilgacha amalga oshiriladi.