Obama: Rossiya Ukraina bo‘yicha yanada hujumkor pozisiyani egalladi
AQSh prezidenti Barak Obama NATO bosh kotibi Yen Stoltenberg bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya Ukraina bo‘yicha yanada hujumkor pozisiyani egallaganini ma’lum qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
“Biz Ukrainadagi vaziyatni va Rossiyaning unga nisbatan pozisiyasi hujumkor tus olib borayotganini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik”, – Obamaning so‘zlarini keltiradi agentlik Tvitterdagi sahifasida.
O‘z navbatida, Stoltenberg Ukraina ixtilofini hali ham tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyati borligini ma’lum qildi.