NATO Rossiyaning yadroviy strategiyasini muhokama qiladi
NATOga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning yadroviy strategiyasini muhokama qiladi. Bu haqda Die Welt nashri xabar bermoqda.
Vazirlarning uchrashuvi qachon va qaerda o‘tkazilishi haqida ma’lumot keltirilmagan. Uchrashuv asnosida Rossiyaning yadroviy qurol qo‘llash imkoniyatlari hamda alyans ishtirokchilarining bunga qarshi chora-tadbirlari muhokama qilinadi.