Rossiyada 17 fevral kuni uchun yevro va dollar kursi rublga nisbatan 2,82 va 2,42 rubl miqdorida pasayishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, Rossiya markaziya banki ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Natijada, Rossiyada 17 fevral kuni 1 dollarni 62,66 rublga, 1 yevroni esa 71,54 rubl evaziga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, bivalyuta savatchasining narxi 2,60 rublga arzonlashib, 66,66 rublni tashkil etdi.