Rossiyada dollar kursida 54 rubldan past ko‘rsatkich qayd qilindi
Moskva birjasi savdo amaliyotlari ma’lumotlariga ko‘ra, dollar kursi 53.73 rublni tashkil qildi. Yevro kursi 58.40 rublga tenglashdi.
“Promsvyazbank” tahlilchisi Aleksey Yegorovning fikricha, rubl kursi neft narxining oshishi hisobiga mustahkamlanib bormoqda. Shuningdek, Rossiya milliy valyutasi chet ellik investorlar tomonidan ham sotib olinmoqda. Dollar kursi yaqinda 52-53 rublga tenglashishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.