Rossiyada dollar kursi 50,52 rublni tashkil etmoqda
Moskva birjasi yagona savdo sessiyasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 18 aprel uchun dollarning rublga nisbatan o‘rtacha kursi 85,46 kopeykaga ortib, 50,5295 rublni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 1,6076 rublga ko‘tarilib, 54,5163 rublni tashkil qildi.
“Dollar-evro” bivalyutali korzinaning narxi 1,19 rublga o‘sib, 52,32 rublni tashkil etdi.