Rossiyada dollar kursi 51,60 rublni tashkil etmoqda
Moskva birjasi yagona savdo sessiyasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 24 aprel uchun dollarning rublga nisbatan o‘rtacha kursi 2,0544 rublga kamayib, 51,6011 rublni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 2,5971 rublga tushib, 55,1255 rublni tashkil qildi.
“Dollar-evro” bivalyutali korzinaning narxi 2,3 rublga pasayib, 53,19 rublni tashkil etdi.