Rossiyada dollar kursi 50,36 rublni tashkil etmoqda
Moskva birjasi yagona savdo sessiyasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 8 may kuni uchun dollarning rublga nisbatan o‘rtacha kursi 0,3799 rublga ko‘payib, 50,3615 rublni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 1,0364 rublga ortib, 57,2297 rublni tashkil qildi.
“Dollar-evro” bivalyutali korzinaning narxi 0,68 rublga o‘sib, 53,45 rublni tashkil etdi.