Moskva birjasi yagona savdo sessiyasidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 11-12 aprel uchun dollarning rublga nisbatan o‘rtacha kursi 1,47 rublga kamayib, 51,0678 rublni tashkil etdi.
Shuningdek, Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda, yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 2,25 rublga pasayib, 54,2749 rublni tashkil qildi.
“Dollar-evro” bivalyutali korzinaning narxi 1,82 rublga kamayib, 52,511 rublni tashkil etdi.