AQSHning kredit kafolati ostida yevroobligatsiyalar joylashtirilishi orqali olingan 1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar Ukraina hukumati hisob raqamlariga kelib tushdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ukraina moliya vazirligining ma’lum qilishicha, yevroobligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasiga yiliga 1,847 foizni tashkil etadi. Foizlar yiliga ikki marta – 29-may va 29-noyabr kunlari to‘lanadi. Obligatsiyalar 2020-yil 29-mayigacha qoplab bo‘linishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, obligatsiyalar joylashtirilishi Ukraina milliy valyutasi – grivnaning qadrini mustahkamlash va qishda ukrainaliklarning uylari issiq bo‘lishiga yordam beradi.