Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Xitoy AQSh dollarini qadrsizlantirishga tayyorlanmoqda

Xitoy o‘zining oltin zaxiralari yordamida AQSh dollarini qadrsizlantirishi mumkin, deb yozmoqda Want China Times nashri.
Xitoy o‘zining 30 ming tonna oltin-valyuta zaxiralari yordamida beqaror bo‘lgan AQSh valyutasiga qattiq zarba bera olishga qodir, deb aytmoqda nashrning iqtisodiy sharhlovchisi Jin Zixou.
Zixouning aytishicha, Xitoy jahon savdo va moliyaviy bozorlarida AQShga chaqiriq tashlashni mo‘ljallamoqda, buning uchun Pekin haqiqatda katta miqdorda oltin zaxirasini ishlatishiga to‘g‘ri keladi. 
Nashrning yozishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi valyuta zaxirasi savatchasiga Xitoy yuanining kiritilishi buni amalga oshirishdagi qadamlardan biri bo‘ladi. Hozirda bu savatchaga dollar, yevro, funt sterling va yapon ienasi kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy oltin zaxiralarini to‘plab, dollar kursining tushishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunga nafaqat Xitoy, balki 2005 yildan beri o‘z oltin-valyuta zaxiralarini ikki barobarga ko‘paytirgan Rossiya hamda 2,8 tonna oltinga ega XVJ ham tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Agar Xitoy haqiqatda ham 30 ming tonna oltinga ega bo‘lsa, unda yuan kuchli qalqon bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Agar bu shunday bo‘lmasa ham, Xitoy ommaviy ravishda oltin to‘playotgani va uning jahon moliyaviy bozorlardagi nufuzi ancha oshganiga hech kim shubha bildirmaydi”, deb yozilmoqda nashrda.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti prognoziga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti 2016 yilda AQSh iqtisodiyotidan o‘zib ketadi, bu esa yuanning asosiy jahon zaxira valyutasiga aylanishiga olib keladi.
Biroq bu o‘zgarishlar bir onda sodir bo‘lishining ehtimoli kam, garchi Xitoy hozirda oltin qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallayotgan bo‘lsa ham, u haqiqatda zarur miqdorda oltin-valyuta zaxirasiga egaligi haqida hech narsa ma’lum emas.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 9151 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, Xitoy, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Xursandbek95 Zo'r bo'lardi do'llir qadirsizlansa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное