Rossiyada AQSh dollarining rasmiy kursi 71 rublga yetdi
Rossiya banki xorijiy valyutalarning rublga nisbatan qiymatini 15 dekabr holatiga ko‘ra belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 71,22 rubl, 1 yevro esa 78,13 rubl etib qayd etildi. Ushbu holat joriy yilning 25 avgust oyidan buyon ilk ko‘rsatkichdir.
Neft barrelining arzonlashib ketishi oqibatida rublning ham qiymati tushib bormoqda, deb yozadi OAV. Bugunga kelib, neftning Brent markasi barreli 36,2 dollarga tushib ketgani qayd etilmoqda.