Rossiyada dollar 65 rublga, yevro 71 rublga yaqinlashdi
Rossiya banki dollar va yevroning yangi kurslarini e’lon qildi.
11 avgustda dollarning kursi 64,4977 rubl deb belgilandi. Shu tariqa, o‘tgan kun bilan qiyoslaganda rubl qiymati 1.02 foizga kamaydi.
Yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 1.34 foizga ko‘tarilib, 70.7540 rublni tashkil etdi.