Moskva birjalarida 2015 yil 30 yanvardan buyon ilk bor dollarning qiymati 71, yevro esa 81 rubldan oshdi.
Neft narxining pasayib borayotgani munosabati bilan dollarning rublga nisbatan qiymati yanvar oyidan beri birinchi marta 71 rublga ko‘tarildi. Yevro kursi ham 2,16 rublga qimmatlab, 81,08 rublga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, birja savdolari ochilishida Brent markali shimoliy dengiz neftining bir barreli Xitoy iqtisodiyotidagi holat bilan bog‘liq ravishda 2009 yildan buyon ilk bor 45 dollardan past bahoda narxlangan edi.