Rossiyada shu yilning fevral oyidan beri dollar kursi ilk marta 65 rublga ko‘tarildi. Bu haqda Moskva birjasi ma’lumotlari darak beradi.
Moskva vaqti bilan soat 10:07da dollar kursi 70 kopeykaga o‘sib, 64,989 rublga yetgan.
O‘z navbatida, yevro kursi 99 kopeykaga qimmatlab, 72,046 rublni tashkil etmoqda.