2019 yil 17 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, G.T.ning 2018 yil 26 oktabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini, tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlanganlar.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.