AQSh Suriyadagi muxolifatga 70 mln dollarlik yordam ajratadi
AQSh Davlat departamenti mamlakat Kongressi bilan Suriya muxolifatiga 70 mln dollar miqdoridagi harbiy yordam berish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, shu vaqtgacha suriyalik muxolif kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh tomonidan 400 mln dollar sarflab bo‘lingan.
2014 yilning sentyabrida AQSh Suriya muxolifati uchun kelgusida 40 mln dollarlik yordam berishni rejalashtirgani xabar qilingandi.
Shuningdek, biroz oldinroq, AQSh vise prezidenti Jo Bayden Suriya qochqinlariga yordam sifatida 135 mln dollar miqdoridagi ko‘mak ko‘rsatilishi haqida aytgandi.